Moliya vazirligi davlat byudjetining shaffofligini ta’minlash va uni barcha fuqarolar uchun ochiq ko‘rinishda taqdim etish bo‘yicha ish olib bormoqda, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Vazirlikning rasmiy saytida quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar joylashtirib borilishi ko‘zda tutilgan:

  • davlat byudjetining daromad va xarajatlari to‘g‘risida;
  • davlat xaridlari tizimida tuzilgan shartnomalar to‘g‘risida;
  • vazirliklar va idoralarga ajratilgan mablag’lar to‘g‘risida hisobot;
  • turli sohaga ajratilgan mablag‘lar to‘g‘risida ma’lumot beriladi.

Moliya vazirligi davlat byudjetini shakllantirishda faol ishtirok etishni so‘rab, doimo taklif va istaklar uchun ochiqligini bildirdi.

Openbudget.uz elektron portali davlat byudjetining ijrosi, uning parametrlari, tarkibiy qismlari va prognoz ko‘rsatkichlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni taqdim qiladi.

Shuningdek, portal fuqarolarga mahalliy byudjetlar xarajatlari yo‘nalishini belgilashda bevosita qatnashish imkoniyatini beradi.