Investitsiya loyihalarini amalga oshirishni nazorat va monitoring qilish tizimi test rejimida joriy etmoqda, xabar beradi LBMA matbuot xizmati.

Tizim respublika bo‘yicha investitsiya va infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha Investitsiya va mahalliy dasturlarning bajarilishini monitoring qilish imkonini beradi.

Xususan:

  • loyihalarni hisobga olish, ularning amalga oshirilishini nazorat va monitoring qilish jarayonlarini avtomatlashtirish;
  • loyihalarning muddatlari, budjeti, maqsadlari va ko‘rsatkichlari ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • investitsiyalar, shu jumladan to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarning jalb etilgan va o‘zlashtirilgan hajmlari bo‘yicha ishonchli ma’lumotlarni shakllantirish;
  • loyihalarni amalga oshirishda quvvatlarni o‘z vaqtida ishga tushirish bo‘yicha xavf-xatarlarni aniqlash;
  • investitsiyadan keyingi davrda, loyiha hujjatlarida nazarda tutilgan maqsadli ko‘rsatkichlarga erishishni kuzatib borish.

Agentlikda Axborot tizimini joriy etish real vaqt rejimida monitoring qilib borish, loyihalarning belgilangan muddatlarda bajarilishini, investitsiyalar jumladan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar o‘zlashtirish shaffofligini ta’minlash, loyihalarni amalga oshirishda xavflarni prognozlash va oldini olish, maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish va bu orqali loyihalarni muvaffaqiyatli amalga oshirish imkonini berishi qayd etildi.