“Odnoklassniki” ijtimoiy tarmog‘i “Metrotelecom” kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda CDN-serverlarini joylashtirdi.

Ushbu serverlar “OK” foydalanuvchilar uchun mamlakat hududida xizmatlar faoliyati sifatini yaxshilashga yordam beradi. Xususan, foydalanuvchilar yuqori tezlikda video tomosha qilishi, fotosuratlar yuklashi va musiqa tinglashi mumkin bo‘ladi, chunki ijtimoiy tarmoq serverlari ularning hududlarida joylashgan bo‘ladi.

“OK"ning apparat-texnik CDN yechimi foydalanuvchilar faolligi o‘sishini qondirish va yangi mahsulotlar joriy etish bo‘yicha zarur funksionalni ta’minlash qobiliyatiga ega.

“Odnoklassniki” ma’lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoqning O‘zbekistondagi oylik auditoriyasi 2 milliondan ortiq noyob foydalanuvchilarni tashkil etadi, ularning 25 foizi esa Toshkent shahriga to‘g‘ri keladi.

Samarqand, Andijon, Farg‘ona va Buxoro shaharlari esa eng ko‘p OK foydalanuvchilari yashaydigan shaharlar orasidan o‘rin olgan. Auditoriya o‘zagini yoshi 18 dan 30 gacha bo‘lgan yoshlar tashkil etadi.

“Odnoklassniki o‘zining” xususiy apparat-texnik CDN yechimidan 2014 yildan buyon foydalanib kelmoqda. CDN-uzellar ham Rossiyada, ham foydalanish faolligi ko‘p bo‘lgan MDH davlatlarida joylashgan. O‘zbekiston “OK” ushbu texnologiyani amalga oshirgan to‘qqizinchi davlat bo‘ldi.

Uzelning ishga tushishi ishlangan texnologiya bo‘yicha amalga oshirilib, ijtimoiy tarmoq faoliyatini buzmaydi. Bunda uzel ishga tushirilganidan so‘ng foydalanuvchilar farqni darhol ko‘radilar — og‘ir deb atalmish kontent (foto, video, musiqa) tezkor ravishda yuklanadi va qayta ishlanadi.