2−8 sentyabr kunlari onlayn auksion orqali 648 ta avtomobil raqamlari sotildi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 3,1 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 18,5% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 52,8% ikkinchi va 28,7% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Kichik biznes va tadbirkorlik subyektlari ishtirokida tuzilgan bitimlarning umumiy hajmi 287,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Shu jumladan birja savdolarining hajmi 4 savdo ish kunida 478,1 mlrd so‘mni tashkil etdi.