Namanganda agrosanoat klasteri tashkil etilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qarorida keltirilgan.
Klaster Mingbuloq va Pop tumanlarida 30 mln $ to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini, xorijiy banklarning va tijorat banklarining kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga tashkil etiladi.
Shunga ko‘ra, tarkibida 19 ta agrosanoat korxonasi mavjud bo‘lgan “Art Soft Holding” MChJ faoliyati yo‘lga qo‘yildi. “Art Soft Holding” va uning tarkibiga kiradigan agrosanoat korxonalari tomonidan 2019 — 2022 yillarda 114,2 mln $ miqdorida investitsiya loyihalari amalga oshiriladi.
MChJ tarkibiga kiradigan “Art soft tex cluster” fermer xo‘jaligiga Mingbuloq tumanida umumiy 30,9 ming gektar (shundan 27,1 ming gektar ekin maydoni) hamda Pop tumanida umumiy 31,5 ming gektar maydon (shundan 24,7 ming gektar ekin maydoni) 50 yilgacha, biroq 30 yildan kam bo‘lmagan muddatga ijaraga berildi.
Qarorga ko‘ra, tuproq unumdorligini oshirish, ekin yerlaridan oqilona va samarali foydalanish va ularni muhofaza qilish tadbirlarini amalga oshirish Agrosanoat klasterining asosiy vazifasi hisoblanadi.
9 sentabr 2019, 15:43
Iqtisodiyot
Namanganda agrosanoat klasteri tashkil etiladi
Klaster Mingbuloq va Pop tumanlarida 30 mln $ to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni, xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini, xorijiy banklarning va tijorat banklarining kredit liniyalarini jalb qilish hisobiga tashkil etiladi.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 644
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 16:32 Texnologiyalar
Apple Siri’ning sun’iy intellektli yangi versiyasini ishga tushirishni keyinga qoldirdi
Kompaniya buni sifat standartlariga javob berish uchun qo‘shimcha ishlov berish kerakligi bilan izohlamoqda.
Bugun, 14:40 Biznes
O‘zbekistonda “chiroyli” avtoraqam rekord darajada qimmat — $122,2 mingga sotildi
Bitimni yakunlash uchun xaridor besh kun ichida to‘lovni amalga oshirishi va YHXBda transport vositasi raqamini ro‘yxatdan o‘tkazishi kerak.
Bugun, 10:31 Iqtisodiyot
Yuqori talab sababli O‘zbekistonning gilos eksporti mavsumi sezilarli qisqardi
Eksport mavsumi o‘tgan yilga nisbatan deyarli ikki barobar qisqa davom etib, 15−20 iyun kunigacha tugashi mumkin.
Bugun, 01:15 Biznes
Sud Humans’ga Octobank oldidagi qarzdorlikni qoplash majburiyatini yukladi
Bank sudga Humans’ga nisbatan da’vo arizasi kiritib, qarzdorlikni undirish va 500 mlrd so‘mdan ortiq zararni qoplashni so‘ragandi.
Kecha, 21:58 Biznes
O‘zbekiston aviakompaniyalari Yaqin Sharqdagi keskinlik tufayli parvozlar yo‘nalishini o‘zgartirdi
Air Samarkand Samarqanddan Tel-Avivga reysini bekor qildi. Uzbekistan Airways Jiddadan Sharm ash-Shayxga aviaqatnovlarga o‘zgartirishlar kiritadi.
Kecha, 21:17 Qonunchilik
Tuxum barak geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi
Bu taomni huquqiy jihatdan himoya qilish hamda Xorazmning hududiy brendi sifatida targ‘ib qilish imkonini beradi.
Kecha, 20:36 Qonunchilik
Taksichilar hech qanday cheklovlarsiz barcha hududlarda ishlay oladi — Transport vazirligi
Vazirlik hududiy cheklov bo‘yicha rasmiy izoh berib, taksi haydovchilari faoliyat hududini o‘zlari tanlashi mumkinligini, cheklov litsenziyada ko‘rsatilgan hudud uchun o‘rnatilishini ma’lum qildi.
Kecha, 20:02 Iqtisodiyot
Yangi Toshkentda Sankt-Peterburg mahallasi quriladi
Tomonlar ishlab chiqilgan konsepsiya bo‘yicha loyihani takomillashtirmoqdalar. Mahalla qurilishini 2026-yilda boshlash rejalashtirilgan.