Taqdimotda Apple nafaqat yangi qurilmalarni namoyish qildi, balki eski modellarning narxlari arzonlashganini ham e’lon qildi.

IPhone 11 ning chiqarilishi bilan iPhone XR arzonlashdi. Agar bir yil oldin, sotuvlar boshlanishida uning narxi 749 $ni tashkil etgan bo’lsa, endi qurilmani xarid qilganda 150 $ tejash mumkin: smartfon 599 $ga tushirildi.

Shu bilan birga, yangi iPhone 11 uchun 100 $ kam — 699 $ so‘ralmoqda.

iPhone 8 narxi 599 $dan 449 $ga va iPhone 8 Plus esa 699 $dan 549 $ga pasaydi.

iPhone 7, iPhone XS va iPhone XS Max sotuvlari to‘xtatildi.