Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi “Startap-tashabbuslar” yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash dasturini e’lon qildi.

Dastur yoshlarga o‘z innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarini hamkor tashkilotlar bilan hamkorlikda amalda sinab ko‘rishlari, o‘zlarining startaplarini yaratishlari va tadbirkorlik sohasida bilim va salohiyatlarini rivojlantirishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

Dasturda ishtirok etish uchun 16 yoshdan yuqori tashabbuskor yoshlar, tadbirkorlar, talabalar, oliy ta’lim muassasalari o’qituvchilari va tadqiqotchilari, akademik litsey va kasb-hunar kolleji bitiruvchilari ishtirok etishga taklif qilinadilar.

Eng yaxshi loyihalar jamoalari loyihalarini amalga oshirish uchun rag‘batlantiruvchi sovg‘alar hamda 50 mln so‘mgacha maqsadli beg‘araz pul mukofotlari oladilar.

Arizalar 6 oktyabrga qadar havola orqali qabul qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda.