Spot biznes va moliya sohasi ekspertlari bilan birgalikda hozirgi sharoitlarda qanday qilib o‘z mablag‘larini saqlabgina qolmay, balki ko‘paytirish ham mumkinligi haqida so‘z yuritadi.

Milliy valyutadagi pullarni to‘shak ostida saqlash unchalik ham to‘g‘ri qaror emas. Inflyatsiyani hisobga olganda ular yiliga kamida 10%ga qadrsizlanadi. O‘zbekistonda jismoniy shaxslar uchun imkoniyatli investitsiyalashtirish instrumentlar — bank omonatlari, qimmatli qog‘ozlar, esdalik tangalari, biznesdagi ulushlar hisoblanadi.

Mos instrumentni tanlashda ko‘plab nozik jihatlarni hisobga olish lozim. Eng keng tarqalgan tavsiya — investitsiya portfeli diversifikatsiyasi. Yuqori tavakkalli (ammo daromadli) va ishonchli (biroz kam daromadli) mablag‘larni birinchisi tavakkalini ikkinchi mablag‘lardan olinadigan barqaror daromad hisobiga qoplash uchun birga qo‘shish lozim.

Magamed Javarov

Leverage kompaniyasi biznes-tahlilchisi

Eng avvalo har qanday kiritilgan mablag‘da muayyan tavakkal, xatar bo‘ladi. Bundan hech nima istisno emas. Buning ustiga xatar nafaqat ochiq, balki yashirin ham bo‘ladi. Shuni ham tushunish lozimki, tavakkal va daromadlilik bir-biri bilan yonma-yon yuradi, mos ravishda tavakkal qancha yuqori bo‘lsa, daromad ham shuncha ko‘p bo‘ladi va buning aksi ham.

Ikkinchi jihat har qanday mablag‘ kiritish oldidan javob berish lozim bo‘lgan savolda aks etadi: “Maqsad nima — mablag‘ni ko‘paytirishmi yoki saqlash?” Birinchi holatda mablag‘ni aksiya yoki biznesga, ikkinchi holatda xorijiy valyuta, zargarlik buyumlari, MB esdalik tangalari sotib olish, shuningdek bankka qo‘yish to‘g‘ri qaror bo‘ladi.

Pulni bankka qo‘yish

Mablag‘ to‘plashning birmuncha ishonchli va kam daromadli yo‘li. Banklar depozitga asosan so‘m va AQSh dollarini qabul qiladi. So‘m uchun eng yuqori foiz 24%ni, amerika valyutasidagi ulushlar bo‘yicha 8%ni tashkil qiladi.

Depozit muddati qancha kam bo‘lsa, uning daromadliligi ham shuncha kam bo‘ladi. OTB prognozi bo‘yicha bu yil 16%ni, 2020 yili -14% ni tashkil qiladigan inflyatsiyaga tuzatish bilan daromadlilik yiliga 9% yoki 1,8 mln so‘mdan iborat bo‘ladi (20 mln so‘m kiritilgan sharoitda).

So‘mning devalvatsiyasini hisobga olish lozim, negaki milliy valyuta kursi o‘zgarishini avvaldan aytish mumkin emas. 2018 yili so‘m dollarga nisbtan 2,5% ga, joriy yil boshidan esa12% ga arzonlashdi. Mana bir necha foydali takliflar:

Банк

Foiz stavkasi

Muddat

Мin. badal

Bir yil davomidagi foyda*

“Asaka bank”

24%

2 yil

-

4,8 mln

Xalq Bank

23%

1,5 yil

100 ming

4,6 mln

O‘zmilliybаnk

21%

1,5 yil

1 mln

4,2 mln

Kapitalbank (online)

21%

1 yil

500 ming

4,2 mln

Hi-Tech Bank

21%

1 yil va 1 oy

1 mln

4,2 mln

* Inflyatsiya hisobga olinmaganda

Uzoq muddatli omonatlar yaqin ikki yillarda yirik xarid qilishni rejalashtirmaydiganlarga to‘g‘ri keladi, chunki omonatni muddatidan avval olayotganda banklarning aksariyati pulni saqlash vaqti uchun to‘langan asosiy summadan foiz olib qoladi.

Dollar depozitlarning foiz stavkasi birmuncha past — o‘rtacha 6%. Bu Amerika valyutasi ancha barqaror va inflyatsiyaga kam tushgani uchundir.

7% lik eng yuqori stavkani bir yo‘la yettita bank taklif etadi. Muddat — ikki yildan to‘rt yilgacha, eng kam badal — 100 $dan 1000 $gacha. O‘rtacha 2000 $dan kelib chiqqanda yiliga 140 $ daromad olish mumkin. Yevrodagi omonatlarni faqat ikkita bankda ochish mumkin. Uning foiz stavkasi- yiliga 2%.

Qonunchilikka ko‘ra, agar bank bilan muammolar yuzaga kelsa, masalan, u litsenziyadan mahrum etilsa, Fuqarolarning banklardagi mablag‘larini kafolatlash fondi omonat mablag‘ni to‘la hajmda to‘lab beradi. Mablag‘larni bankka qo‘yishning ishonchliligi ana shu bilan izohlanadi.

“Agar mablag‘ni bankka qo‘yishdan maqsad uni odatdagicha saqlash bo‘lsa, xorijiy valyuta sotib olish va uni omonatga yo‘naltirish eng yaxshi yo‘l hisoblanadi. Albatta, pulni so‘m depozitida qo‘yish ham mumkin, biroq bu o‘rinda bir narsaga e’tiborli bo‘lish va narx-navoning o‘sishi hamda milliy valyuta qadrsizlanishi dinamikasini hisobga olish darkor. Agar hatto foiz stavkasi so‘m depoziti bo‘yicha bu ikki parametrdan ustun bo‘lsa-da, hech kim yaqin vaqt ichida narxlar oshmaydi va dollar kursi sakrashi yuz bermaydi, deb kafolat bera olmaydi. Aktivlarni omonat qo‘yish faqat uzoq vaqtdan keyin — aytaylik, besh-yetti yil o‘tgachgina foyda (jamg‘arilgan) keltiradi. Bunda pul omonatlarini yo‘qotish xavfi kamroq bo‘ladi”, — deb ta’kidladi Magamed Javarov.

Aksiya sotib olish

Umuman olganda O‘zekistonda bu bozor hozircha juda kichik. Birjada sotilayotgan barcha aksiyalar orasida nolikvidlari ko‘p (ya'ni ularni sotish qiyin, demak, investor istagan vaqtida kiritilgan mablag‘ni qaytarib ololmaydi).

Aksiyaga investitsiya kiritishni sekin-asta boshlash lozim va hech qachon o‘zingizning hamma jamg‘armalaringizni bunga yo‘naltirmang.

Karen Skarpionov

Avesta Investment Group investitsiya kompaniyasi hamkori

Bugun aksiyaga muvaffaqiyatli kiritilgan mablag‘ investitsiyalashning eng qiziqarli va daromadli turlaridan bo‘lishi mumkin. Bunday holatda u xatto iyun oyidan 9,5% o‘sgan, bundan bir yil avval 19,8% arzon bo‘lgan AQSh dollari sotib olishdan ko‘ra ko‘proq foyda keltiradi.

Masalan, menga investitsiya uchun qiziqarli bo‘lib ko‘ringan o‘nta kompaniyadan iborat to‘plam (ular pastroqda jadvalda ko‘rsatilgan) bir yil ichida olingan dividendlarni hisobga olmaganda ikki baravar o‘sdi. Dividendlar ham 20% dan oshdi.

O‘sishning mutlaq yetakchilari orasida “O‘zbekkimyomash” zavodi aksiyalari bor, zavodning 2019 yilgi tashvishli moliyaviy ko‘rsatgichlariga qaramay ularning narxi qariyb 5,8 baravar oshdi, umid qilamanki, O‘zbekiston neft gaz sektoridagi islohotlar yakuniga yetishi bilan zavodning ahvolida o‘zgarish bo‘ladi.

“O‘zbekko‘mir”, “O‘zmetkombinat” aksiyalari, Olmaliq TMKning imtiyozli aksiyalari ham ikki baravardan ziyod o‘sdi. Bu xildagi portfel aksiyalari narxining eng kam o‘sishi 40%ni tashkil qiladi.

Tabiiyki, aksiyalar bozori investitsiya uchun eng tavakkalli sektorlardan hisoblanadi, shuning uchun mablag‘ kiritish borasida birmuncha bilim-tajribaga hamda o‘z oilasining moliyaviy ahvoliga zarar keltirmaydigan hajmdagi mablag‘ga ega bo‘lgan investorlar bu ishga pul kiritishlari lozim.

Umuman, men tajribasiz va professional bo‘lmagan investorlarga aksiyalar bozoriga o‘z mablag‘larini faol kiritishlarini tavsiya etmayman negaki bu u yoki bu korporativ voqeaga doimiy diqqat va e’tiborni, aksiyalar bahosidagi ehtimol tutilgan o‘zgarishlardagi yangiliklarni talqin qilish qobiliyati va boshqalarni talab etadi.

Shunday qilib, aksiyaga 20 mln so‘m kiritib, bir yil davomida sarmoyani ikki baravar oshirish va 41 mln.dan ortiq mablag‘ olish mumkin.

Aksiyalar

8/16/2018

8/16/2019

O‘sish

Daromad*

BIOK (Biokimyo)

15 000

26 000

0,73

660 000

KSCM (Quvasoycement)

150 000

300 000

1,00

9 000 000

UZMK (“O‘zmetkombinat”)

10 000

29 001

1,90

1 140 000

AGM1 (OKMK)

6010

24 300

3,04

1 096 000

UZHM (“O‘zbekkimyomash”)

751

5 101

5,79

260 000

LITI (O'zlitineftgaz)

50 000

70 100

0,40

1 200 000

URTS (O‘zRTXB)

6 000

8 411

0,40

144 000

TKVK (Toshkentvino kombinati)

90 000

220 000

1,44

7 776 000

UZIR (“O‘zbekko‘mir”)

1000

3100

2,10

126 000

KYEZ (Kogon Yog'-Ekstraksiya zavodi)

400

1750

3,38

81 120

Jami:

329 161,00

687 763,00

2,09

21 483 000

* Umumiy hajmi 20 mln so‘mga har bir aksiyadan 60 dona sotib olgan taqdirda.

Oltin olish

Tilla — barqaror aktiv, va bu uning asosiy ustunligi. Ayni shuning uchun ham jamg‘arilgan pullarga esdalik tangalar sotib olish sarmoyani ko‘paytirishga qaraganda pullarning qadri saqlanishini ta’minlashga xizmat qiladi. Xatto milliy bo‘lganidek, erkin konvertlangan valyutalar ham tanazzulga yuz tutganda ayni oltin muqobil variant bo‘lib chiqadi va unga eng yuqori darajada talab bo‘ladi.

Uzoq muddatli istiqbolda esdalik tangalar jamg‘arilgan mablag‘ni saqlash va uni qadrsizlanish hamda xorijiy valyutaning bozordagi o‘zgarishlaridan himoyalashning eng yaxshi instrumenti bo‘lib qolishi mumkin. Bunday holatda oltin tangalarga kiritilgan investitsiyadan olingan potensial foyda 7−10 yillardan keyin ko‘rinishi mumkin.

Bir yildan kamroq vaqt ichida bitta oltin tanga narxi 10%ga oshdi (12,7 mln so‘mdan 14,4 mln.gacha). Shunday qilib, bitta oltin tangadan o‘tgan sakkiz oy ichida 1,2 mln so‘m ishlab olish mumkin. Esdalik tangalarni bankga qayta sotsa ham bo‘ladi. Bunda shuni unutmaslik kerakki, tangalar alohida qarashni talab etadi, negaki, uning yuzasida shikastlarning paydo bo‘lishi tanganing narxini pasaytirib yuborishi mumkin.

“Markaziy bank oltin tangalarning tannarhiga bir oylar avval qo‘ygan qo‘shimcha narx (300$ atrofida) bilan qiyoslaganda, bugun qo‘shimcha narx birmuncha kamroq — 3,2%, yoki 40−45$. MB oltin tangalarni metallning o‘z qiymatidan birmuncha qimmatroq sotadi, biroq kichik vaqt oralig‘ida xatto oltin kotirovkalari oshganida ham sotish narhi birjanikidan biroz pastroq bo‘ladi, investor daromad olishi mumkin. Kumushdan ishlangan tangalar masalasida esa vaziyat juda yaxshi, Ularning tannarhiga qo‘shilgan qo‘shimcha narh deyarli 100%ni tashkil etadi, — deydi Magamed Javarov.

O‘zbekiston banklarida 300 dan kamroq tanga qolganini hisobga olganda, qimmatli metallar investitsiyasi sifatida zargarlik buyumlarini sotib olish masalasini ham ko‘rib chiqish mumkin. Bunda qimmatli metallarning sifatiga ishonch hosil qilish zarur, deydi Javarov.

Bundan tashqari investorga pastroq namunadagi oltinni sotishlari mumkinligi, yana insofsiz ishlab chiqaruvchilar buyumning qimmatini pasaytiradigan qalin qirrali toshlar ishlatib uning vaznini og‘irlashtirishlari mumkin.

“Agar investiya uchun 20 mln so‘m bo‘lsa, albatta, yaxshisi ularni esdalik tangalarga kiritgan ma’qul. Ular yuqori 999,9 namunali toza metalldan tayyorlanadi, zargarlik buyumlari esa odatda 583, 585 yoki 750 namunadagi tillalardan ishlanadi. Agar jamg‘arilgan mablag‘ kamroq bo‘lsa, 3 gramm va undan ko‘proq og‘irlikdagi zararlik buyumlari sotib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Bunda agar investor o‘z imkoniyatlarini ortiqcha baholab, valyuta yoki qimmatli metallardan tayyorlangan buyumlar (tanga, zargarlik buyumlari) bilan savdolashishga kirishsa, ular litsenziyalangan faoliyat turi bo‘lgani uchun ma’muriy va jinoiy qonunchilik doirasida javobgarlikka tortilish xavfi ham bor”, — ta’kidladi Leverage tahlilchisi.

Biznesga kiritish

Tayyor biznesni e’lonlar servislarida sotib olish mumkin. 20 mln so‘m Samarqandda sartaroshxona, Toshkentda kosmetika do‘koni yoki to‘y liboslari saloni, Namanganda o‘yin klubi va xatto mini-golf uchun qurilma sotib olish uchun yetadi. O‘sha vaqtda eng yuqori daromad keltirishi mumkin bo‘lgan biznesni xarid qilish -eng tavakkal instrument. Biroq tayyor biznesga mablag‘ kiritish investordan marketing, savdo-sotiqda bilim-ko‘nikma, savodli biznes-reja tuzish qobiliyatini talab etadi.

Xatto mulk egasi barqaror biznesni sotganda ham, bozorda, qonunchilikda kompaniya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatish ehtimoli bo‘lgan o‘zgarishlar hamisha yuz berishi mumkin. Bundan tashqari biznes yuritish ko‘p vaqtni oladi, qo‘shimcha investitsiyalar talab qiladi.

Vyacheslav Kan

Torg.uz (hozir OLX.uz) va MyWay kasbiy yo‘nalish markazi asoschisi

20 mln so‘m investiya uchun u qadar katta mablag‘ emas. Xatto kichik biznesni boshlash uchun ham yetmay qolishi mumkin.

Agar biznes to‘g‘risida gapiradigan bo‘lsak, unda bu summani kiritish uchun yagona yo‘l — referal yoki advice marketing deb ataluvchi faoliyat. Faoliyatning bu turini ko‘pincha tarmoqli marketing deb atashadi, biroq mening nazarimda, unga advice (“maslahat”) so‘zi ko‘proq to‘g‘ri keladi.

Odamlar o‘z mukofotlarini olgan holda boshqa odamlarga mahsulot yoki xizmatlar tavsiya qiladilar. An’anaviy kompaniyalar reklamaga, sotuvchilarning katta shtatlariga, menejerlarga, magazinlar ijarasi va boshqa ishlarga sarflaydigan katta mablag‘lar bu biznesda distribyutorlik tarmoqlari to‘lovlariga ketadi.

Shu bilan birga qanchadir mablag‘ kiritib, o‘z distribyutorlik tarmoqlarini tashkil etish, vaqt va resurslarni mustaqil sarflash mumkin. Albatta, “piramida"ga yo‘liqish va jamg‘arilgan pullarni yo‘qotish xavfi ham bor.

Bundan qochish uchun kompaniyani, mahsulot va marketing rejani sinchiklab o‘rganish lozim. Kompaniya sotayotgan mahsulot sifatli va foydali bo‘lishi, asosiysi, bu mahsulotning narxi oshirilmagan bo‘lishi kerak.

Dunyo bo‘ylab millionlab odamlarni qamrab olgan bu biznesda milliardlab dollar topayotgan o‘n minglab kompaniyalar ishlaydi. Masalan, Amwayv kompaniyasining aylanmasi 2018 yili 8,6 mlrd $ni tashkil qildi.

Ekspertlar bo‘sh mablag‘larini qayerga kiritgan bo‘lardilar?

Karen Skarpionov:

Albatta aksiyalarga. Agar men o‘zim unga kiritishga tayyor bo‘lmaganimda nimanidir tavsiya qilarmidim?

Magamed Javarov:

Aksiya olishning afzalligi bo‘yicha o‘z fikrlarimni aytaman. Nima bo‘lganda ham dividend shaklidagi daromad xatto dividend solig‘ini to‘lash lozimligini hisobga olgan taqdirda ham bankka qo‘yilgan omonat bo‘yicha foizga qaraganda yuqori bo‘ladi. Biroq bu agar shaxsiy jamg‘armalarni ko‘paytirish to‘g‘risida so‘z borganda. Agar daromadlarni saqlash va ularni inflyatsiya ta’siri hamda milliy valyuta qadrsizlanishidan himoyalash haqidagi masala bo‘lsa, unda zargarlik buyumlarini tanlagan ma’qul, deb o‘ylayman.

Ha, “hamma tuxumni bir savatda saqlab bo‘lmaganidek”, diversifikatsiyani hech kim bekor qilgani yo‘q. Bir necha daromadli instrumentlarga mablag‘ kiritib, tavakkalni taqsimlaysiz. Bunday yondashuv barcha yo‘nalishda tavakkal darrov ko‘rinmasligidan kelib chiqadi.

Vyacheslav Kan:

Mustaqil bilim olish. Shaxsiy rivojlanishdagi investitsiyalar — bu pulni foydali kiritish hisoblanadi. Ayniqsa, agar olingan bilim va tajriba tufayli manfaatli ish bilan shug‘ullanib, ko‘proq pul ishlash mumkin bo‘lganda. Masalan, sizni fotosurat qiziqtirdi deylik. Kursda o‘qish, to‘g‘ri suratga olishni o‘rganish, fotoapparat sotib olish (to‘g‘ri, hozir yaxshi kameralar qimmat turishi mumkin) va sizga yaxshi daromad keltirishi mumkin bo‘lgan yangi kasb egasi bo‘lish mumkin. Agar bu, masalan, 1,5 mln so‘m qo‘shimcha mablag‘ bo‘lsa, unda kiritilgan pul bir yildan sal ko‘proq vaqt ichida qoplanadi.

Ehtimol 20 mln so‘mni ko‘paytirishning boshqa yo‘llari ham bo‘lishi mumkin. Asosiysi — investitsiyalashga ongli ravishda, vaziyatni rivojlantirishning turli yo‘llarini yaxshi o‘ylagan holda yondashishdir.

Siz o‘zingiz bu haqda qanday fikrdasiz? Ortiqcha 20 mln so‘mni qaysi yo‘nalishga kiritgan bo‘lardingiz? Sharhlarda yozing.