Prezident farmoni bilan O‘zbekistonga tashrif buyuruvchi xorijiy fuqarolarning ayrim guruhlari uchun qo‘shimcha kirish vizalari toifalarini joriy etish ro‘yxatiga qo‘shimcha kiritildi, xabar beradi Adliya vazirligi kanali.

Kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, ro‘yxatda mavjud bo‘lgan Vatandosh, Student visa, Academic visa, Medical visa, Piligrim visa’lar qatoriga endi Investment visa ham qo‘shiladi.

Mazkur viza BHMning 8 500 baravari miqdorida investitsiya kiritgan xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga rasmiylashtiriladi.

Vizaning amal qilish muddati 3 yil.