“O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” AJ temir yo‘l chiptalari sotuvining yangi tizimi asosida ishlab chiqarilgan Uzrailway tickets rasmiy mobil ilovasining yangi versiyasi ishga tushirildi.

Xabarda keltirilishicha, ilovada elektron chiplarni onlayn qaytarish kabi yangiliklar joriy qilindi.

“Agar siz shaxsiy ma’lumotlar (FISh, pasport seriya va raqamlari)ni kiritish orqali ro‘yhatdan o‘tgan bo‘lsangiz keyingi safar mazkur jarayonni amalga oshirish lozim bo‘lmaydi. Tizim sizni eslab qoladi va avtomatik ravishda keyingi harakat bosqichiga o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.

Mobil dastur Android platformasida ishlaydi. Tez orada ilova iOS uchun ham mavjud bo‘ladi.

Chiptalarni Uzcard kartalari orqali xarid qilish mumkin. Xalqaro to‘lov tizimlari orqali sotib olish imkoniyati ham ishlab chiqilmoqda.