Telegram dizaynerlar uchun umumiy mukofot jamg‘armasi 50 ming $ga teng ikkita tanlov boshlanganini e’lon qildi.

Birinchisida dizaynerlar kamida uchta rasmdan iborat animatsion stikerlar to‘plamini ishlab chiqishi kerak.

Ikkinchi tanlovda dizaynerlar Telegram uchun kamida ikkita platformaga moslashtirilgan mavzuni (masalan, ish stoli va iOS) ishlab chiqishlari kerak.

Stikerlar hamda mavzular messenjer ko‘rsatmalariga mos kelishi kerak.

Eng yaxshi ishlar mualliflari 27 oktyabr kuni e’lon qilinadi. Ular mukofot pulini baham ko‘radilar.

Tanlov 20 oktyabrga qadar bo‘lib o‘tadi.