Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Toshkent shahrida Shinxan universitetini (Koreya) tashkil etish to‘g‘risida"gi prezident qarori loyihasini taqdim etdi.

Toshkent shahridagi Shinxan universiteti yuridik shaxs (ma'suliyati cheklangan shaklidagi nodavlat oliy ta’lim tashkilot) shaklidagi O‘zbekiston rezidenti hisoblanadi, alohida mol-mulkka, mustaqil balansga ega, tasarrufidagi mol-mulk bilan o‘z majburiyatlari bo‘yicha javobgar hisoblanadi.

Universitetda o‘qitish Shinxan universiteti ta’lim dasturlari asosida ishlab chiqilgan o‘quv rejalari va dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi.

Ta’lim faoliyati 2020/2021 o‘quv yilidan boshlanadi.

Oliy ta’lim muassasasida kiyim dizayni, moda dizayni, xalqaro turizm menejmenti, hamshiralik ishi, shuningdek talab yuqori bo‘lgan ta’limning boshqa yo‘nalishlarida yuqori malakali mutaxassislari tayyorlanadi.

Universitet bitiruvchilariga Shinxan universiteti diplomini beradi. Mazkur diplom O‘zbekiston va Koreyada oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat sifatida to‘g‘ridan-to‘g‘ri tan olinadi.

Oliygohda ta’lim ingliz, o‘zbek, va rus tillarida kunduzgi shaklda, to‘lov-kontrakt asosida hamda Universitet bitiruvchilarining potensial ish beruvchilari — yuridik shaxslar tomonidan taqdim etiladigan ta’lim grantlari bo‘yicha, shuningdek, yoshlarning ta’lim olishi uchun avvalo mamlakat hududlari tomonidan ajratiladigan xayriya ehsonlar hisobiga amalga oshiriladi.

24 oktyabrga qadar havola orqali loyiha muhokamasida qatnashib, oʻz fikr va mulohazalarni bayon qilish mumkin.

Shinhan universiteti 1960 yilda tashkil etilgan. 2000 yilgacha u asosiy, ko’p tarmoqli universitetlardan biri bo’lib, talabalarga quyidagi dasturlarni taklif qiladi: tibbiyot fakulteti, iqtisodiyot fakulteti, ijtimoiy fanlar fakulteti, texnik fakultet va art-dizayn fakulteti.