Samsung kompaniyasi Digital Cockpit 2021 avto-transformeri konsepsiyasini taqdim etdi. Bu haqda Business Insider xabar beradi.

Avtotransport vositasi tizimi yo’lovchilar stress holatida bo’lgan vaqtni aniqlay oladi va transport vositasi atrofini mos ravishda sozlaydi.

Kompaniya tomonidan aytilishicha, loyiha yo’lovchilarning hordiq olishlari uchun mo’ljallangan.

Digital Cockpit 2021 — bu oddiy transport vositasidan to’laqonli hayot makoniga o’tish uchun g’oya”, — deydi, Samsung Automotive Electronics tadqiqotlari va ishlanmalari bo’limi ijrochi vitse-prezidenti Vonsik Li.

Joriy yilda ishlab chiqilgan konseptsiya avtomobil texnologiyalari dunyosidagi barcha tendensiyalarga mos keladi. Digital Cockpit 2021 ovozli tizim, 49 dyuymli ekran bilan jihozlangan bo’lib, ular birgalikda videoni ijro etish yoki tahrirlash uchun ishlatilishi mumkin bo’lgan “universal makon” ni tashkil qiladi.

Shunisi e’tiborga loyiqki, mashina harakatlanayotganda displeyning yarmi yo’lning to’liq ko’rinishini ta’minlash uchun orqaga tortiladi.


Bundan tashqari, Digital Cockpit 2021da yo’lovchilar holatini kuzatib borish uchun kameralar, telefonlar va boshqa qurilmalardan foydalanadigan Samsung Health o’rnatilgan. Shuningdek, u yo’lovchilarning stress darajasini aniqlashi mumkin. Agar u baland bo’lsa, unda tizim yorug’lik va tinchlantiruvchi musiqani sozlaydi.

Shuningdek, avtomobil piyodalar xavfsizligini oshirishga qaratilgan funktsiyalarga ega. 360 Vision kuzatuv tizimi boshqa transport vositalari va piyodalarni kuzatishda to’rtta kamera va “chuqur o’rganish texnologiyasi” dan foydalanadi.