Spot 2021-yil fevral oyida O’zbekistondagi barcha tijorat banklarining milliy valyutadagi omonatlarini o’rganib chiqdi va eng daromadli banklarni tanladi.

Eng daromadli omonat turi 20 foiz bilan “Turonbank”da aniqlandi. Kunlik foiz hisoblaydigan depozit tariflarini esa “Turkiston bank” mijozlarga taqdim etdi.

“Kapitalbank”

Yillik foiz stavkasi 17% ni tashkil etadi. Omonat muddati 24 oy bo’lib, eng kam summasi 500 000 so’mni tashkil etadi. Muddatidan oldin qaytarib olish — mumkin. Agar omonat muddatidan oldin talab qilib olinadigan boʻlsa, foizlar summasi pul mablagʻlarining omonatda turgan toʻliq oylari uchun toʻlanadi.

O‘zbekiston milliy banki

Yillik foiz stavkasi 17% ni tashkil etadi. Omonat muddati — 27 oy. Foizlar har oyda to‘lanadi. Qo‘shimcha badallar naqd va naqdsiz qabul qilinadi. Omonat muddatidan oldin bekor qilingan holda yillik foiz stavkalari:

  • 6 oygacha — 0%;
  • 6−7 oy — 15%;
  • 7−12 oy — 15,5%;
  • 13−18 oy — 16%;
  • 19−27 oy — 16,5%.

“Turonbank”

Omonat muddati 12- oy bo’lib, yillik foiz stavkasi 20% ni tashkil etadi. Minimal summasi 500 000 so‘mni tashkil qiladi. Kapitalizatsiya qilinmaydi.

Mijoz tomonidan omonatga qo‘yilgan pul mablag‘lari muddatidan oldin to‘liq yoki qisman talab qilib olinsa, to‘liq 1 oydan 3 oygacha 17 foiz, to‘liq 3 oydan 6 oygacha 18 foiz, to‘liq 6 oydan 12 oygacha 19 foiz va to‘liq muddat saqlangan omonatlar uchun 20 foiz pul mablag‘lari to‘lanib beriladi.

“Agrobank”

Yillik foiz stavkasi — 19%, muddati — 12 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Qo’shimcha mablag' qabul qilinmaydi. Foizlar har oyda oldindan plastik kartaga o’tqazib beriladi.

Hisobraqam ochish uchun bank Agrobank plastik kartasi bo’lishi shart. Omonat belgilangan muddatidan oldin olinganda foizlardagi farq omonatning asosiy summasidan ushlab qolinadi hamda saqlangan kunlar uchun “Talab qilib olinguncha” omonat turi bo’yicha belgilangan foiz stavkasida qayta hisob-kitob qilinadi.

Omonat muddati tugagandan keyin talab qilib olinmagan yoki boshqa omonat turiga qayta rasmiylashtirilmagan taqdirda omonatga “talab qilib olinguncha” omonat turi stavkasi bo‘yicha foizlar to‘lanadi.

“Aloqabank”

Foiz stavkasi — 19%, muddati — 12 oy. Omonatga mablag’lar naqd pulda va boshqa tijorat banklari kartalaridan qabul qilinadi. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Foizlar oyma-oy talab qilib olinguncha hisobraqamga ko`chirib boriladi. Omonat muddatiga qarab foizlar qaytadan hisoblab chiqiladi.

“Davrbank”

Yillik foiz stavkasi — 16%, muddati — 9 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi — 1 million so’m. Foizlar har oyda to’lab boriladi.

“InfinBANK”

Yillik foiz stavkasi — 17%. Omonatning minimal miqdori 10 million so’mni tashkil etadi va naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi. Muddati 18 oy. Shuningdek, depozit summasining oyiga 0,25% miqdorida bonus to‘lab, talab qilingan depozit hisobvarag‘iga to‘lanadi.

“Qishloq qurilish bank”

Yillik foiz stavkasi — 18%. Muddati — 13−18 oy. Mablag‘ milliy valyutada naqd pul shaklida yoki naqd pulsiz shaklda omonatchining ish haqi va unga tenglashtirilgan mablag‘lari jumladan, omonatchining bank plastik kartasidagi mablag‘lari hisobidan qabul qilinadi. Omonat ustiga qo‘shimcha mablag‘ kiritib borilmaydi.

“Orient Finans” bank

Foiz stavkasi — 15%, muddati — 300 kun. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 10 million so’mni tashkil etib, naqd va plastik karta orqali qabul qilinadi.

“Turkiston bank”

Foiz stavkasi — 6−9%, muddati — 18 oy. Foizlar har kun hisoblanadi va oylik to’lab beriladi. Minimal summa 100 million etib belgilangan.

“Hamkorbank”

Foiz stavkasi — 18%, muddati — 24 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 1 million so’mni tashkil etadi. Omonat 9 oydan avval talab qilinsa yillik 6 foiz ustama to’lanadi.

“Asia Alliance Bank”

Foiz stavkasi — 17%, muddati — 13 oy. Boshlang’ich to’lovning eng kam summasi 500 ming so’mni tashkil etadi. Qo’shimcha badallar qabul qilinmaydi. Omonat muddatidan avval yopilganda foizlar quyidagi miqdorda to’lanadi: 1-oygacha — yillik 14%, 1 oydan so’ng — yillik 17%. Omonat bo’yicha hisoblangan foizlar omonatda saqlangan kunlari uchun to‘lanadi.

Spot shartlar tez-tez o’zgarib turayotganligi bois ma’lumotni aniqlashtirish yuzasidan bankka murojaat qilishni maslahat beradi.