2021-yil 16-fevral kunidan boshlab, 64/63-sonli Toshkent — Andijon — Toshkent yo’nalishida harakatlanayotgan yo’lovchi poyezdi Namangan vokzali orqali qatnovini amalga oshiradi. Bu haqida “O'zbekiston temir yo’llari” matbuot xizmati xabar beradi.

Mazkur poyezdlar haftada ikki marotaba, ya’ni 64-sonli yo’lovchi poyezdi haftaning seshanba va juma kunlari Toshkent — Namangan — Andijon yo’nalishida, 63-sonli yo’lovchi poyezdi esa haftaning chorshanba va shanba kunlari Andijon — Namangan — Toshkent yo’nalishida harakatlanadi.