Google Android qurilmalarda yaqin kunlarda paydo bo’ladigan xizmatlar haqida xabar qildi.

Ogohlantirish

Agar sizning akkauntlaringizga boshqa begona qurilma orqali kirish aniqlansa, Google parolni o’zgartirish bo’yicha sizga xabar jo’natadi.

Xabarlarni rejalashtirish

Android 7 versiyalasidan boshlab barcha yangi qurilmalarda xabarlarni oldindan belgilangan vaqtda jo’natish funksiyasi paydo bo’ladi

TalkBack

Ko’zi ojizlar yoki displeyni ko’rishda qiynaladiganlar uchun endi TalkBackning yangi versiyasi mavjud. Endi ekranga qaramasdan ham uni ochish va ishoralarni qo’llab telefondan foydalanish mumkin. Yangilanishlarni Google Playorqali yuklab olish mumkin.

Google Assistant

Ish bajara turib bir vaqtning o’zida assistent orqali qo’ng’iroq qilish xabar jo’natish, musiqa qo’yish va boshqalarni bajarish mumkin. Buning uchun “Hey Google '' dan so’ng xabarni aytish yetarli.

“Qora xarita”

Google Maps endi qora fonda ishga tushiriladi. Bunday qilinishiga sabab — ko’zlar charchashini oldini olish.

Android Auto

Android Autoda ekranida yangi yorliqlarlar o’rnatilgan bo’lib, assistent yordamida ob-havo ma’lumotini yangilash, termostat va kontaktlarga bog’lanish imkonini beradi.