IT Park dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha uchinchi butunrossiya festivaliga qabul boshlanganini e’lon qiladi.

Dastur bosqichlari:

1. Onlayn kurslar:

  • “Sport dasturlashda tezkor start”;
  • “C++ dasturlashda tezkor start”;
  • “Sun'iy intellektda tezkor start”.

2. Intensiv kurslarga saralash.

3. Sun’iy intellekt va dasturlash bo‘yicha intensiv kurslar.

4. Dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha “RuCode” chempionatlari

Ishtirokchilar uchun talabalardan tashkil topgan jamoalarni sport dasturlari bo‘yicha musobaqalarga mustaqil ravishda tayyorlash bo‘yicha uslubiy tavsiyalar tayyorlab chiqilgan.

Festivalda ishtirok etish bepul va barcha uchun ochiq!

Muhim sanalar:

Sun’iy intellekt:

  • onlayn kurslar: butun yil davomida;
  • onlayn tanlov: 2021-yil 1 va 4-aprel kunlari;
  • onlayn intensiv kurslar: 2021-yil 12 va 23-aprel kunlari;
  • RuCode chempionati: 2021-yil 24-aprel.

Dasturlash:

  • onlayn kurslar: butun yil davomida;
  • onlayn tanlov: 2021 yil 8-apreldan 11-aprelgacha;
  • onlayn intensivlar: 2021 yil 19−23 aprel kunlari;
  • RuCode chempionati: 2021 yil 25 aprel.

Festival ishtirokchisiga aylanish uchun quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin. Shundan so’ng shaxsiy kabinetdagi anketa to‘ldiriladi va dastur boshlanishi to’g’risidagi xabar keladi.

Ma’lumot uchun: dasturlash va sun’iy intellekt bo‘yicha ikkinchi butunrossiya onlayn festivali “RuCode” ikki marta- 2020-yilning bahor va kuz fasllarida bo‘lib o‘tdi va 20 000 nafardan ko‘proq ishtirokchi yig‘ishga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu festival tashkilotchilari Rossiyada joylashgan 15 ta yetakchi universitet va jamoat tashkilotlaridan tashkil topgan.

Festival Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vazirligi tomonidan qo‘llab-quvvatlandi, shuningdek, tadbirning sanoat hamkorlari MegaFon, Yandex, Sber va Gazprombank hisoblanadi.

Qolaversa, 2020-yil qish faslida RuCode 3.5 dasturlash bo‘yicha intensiv kurslar bo‘lib o‘tdi. Kurslarning ishtirokchilari MIPT qoshidagi IT ta’limni rivojlantirish markazining yubileyiga bag‘ishlangan ochiq xalqaro chempionatda kurs davomida egallagan bilimlarini amalda sinab ko‘rishdi.