Shavkat Mirziyoyevning Buxoro viloyatiga tashrifi chog’ida, temir daftarga kirgan shaxslarni ish o’rinlari bilan ta’minlash, ularni zamonaviy ko’rinishda jihozlagan holda yuk konteynerlarida, aholi punktlarida o’rnatish choralarini ko’rish topshirig’i berildi.

Bu haqida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi axborot xizmati ma’lum qiladi.

Hozirgi kunga qadar respublikaning turli hududlaridan 1000 donaga yaqin konteynerlar yig’ilmoqda. Ular zamonaviy ko’rinishda ta’mirlanib va jihozlanib, imtiyozli kredit asosida viloyatdagi ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

Yevropaning ko’p davlatlarida bunday uylar ixchamligi uchun mashhurlikka ega bo’lgan. Hajmi, qurilish osonligi, narxi va sifati jihatlaridan bunday konteyner uylar turli kompaniyalar tomonidan buyurtma asosida tayyorlanib, yetkazib beriladi.

Shu qatorda, konteyney uylarning yana bir qulayliklaridan biri bu — transportatsiya imkoniyatlari. Bir manzildan ikkinchisiga o’tkazish, ulardan samarali foydalanishni imkonini beradi.