9-mart kuni yoshlarning startap tashabbuslarini qo’llab-quvvatlash dasturining beshinchi davri boshlandi.Tanlov natijalariga ko’ra, Toshkent shahridan 46 ta startap loyihalari ishtirok etishlari rejalashtirilgan. Bu haqida dasturning matbuot xizmati Spotga xabar beradi

Dasturning bu davrida, viloyatlarda ham alohida tanlov o’tkazilib ja’mi 273 ta loyihalar jamoalari uchun mahalliy seminarlar va mahorat darslari tashkil etiladi.

Bu davrda dastur ilk marotaba online tarzda o’tkazilib O’zbekistonning barcha mintaqalarini qamrab oldi. Pandemiya bilan bogliq cheklovlarga qaramay rekord darajadagi 905 ta arizalar qabul qilindi, bu avvalgi davrga nisbatan nisbatan 72 foizga ko’pdir.

Arizalarni o’zaro tahlil qilish va tashabbuskorlar bilan suhbatlar o’tkazish bosqichi natijasida tanlovdan o’tgan loyiha ishtirokchilari bo’yicha kichik statistikasini taxlil qiladigan bo’lsak, quyidagi qiziq ma’lumotlar ma’lum bo’ldi:

  • O’quv-mashg'ulotlariga taklif qilinadigan 273 ta loyihadan 50 foizdan ortig’i (yoki 144 tasi) oliy o’quv yurtlarining faol talabalari tomonidan taqdim qilingan;
  • 122 ta loyiha g’oyani amalga oshirish bosqichida, yana 121 ta (44%) loyihada prototiplar mavjud, 30 ta (11%) loyihalar ishga tushirilgan va ularning birinchi mijozlari va sotuvlari mavjud;
  • Har bir loyiha jamoasi o’rtacha 3 kishidan iborat. O’gil va qiz ishtirokchilarning nisbati 4ga 1ni tashkil qiladi.

Ta’lim va xususiy sektor o’rtasidagi aloqani ta’minlash bilan qo’llab-quvvatlash dasturi tomonlarning ehtiyojlariga javob beradigan istiqbolli yoshlarning g’oyalari, texnologiyalari va loyihalarini qidirish, tanlash va sinovdan o’tkazish, mamlakatning innovatsion va tadbirkorlik ekotizimini rivojlantirish uchun samarali o’zaro muloqot mexanizmini yaratishga yordam beradi.

Dastur haqida ko’proq ma’lumotni Facebook sahifasida va Telegram kanalida va http://startupinitiatives.uz/ orqali olishingiz mumkin.