MB tomonidan qayta moliyalash stavkasi 14% deya belgilandi. Bu haqda regulyator rasmiy sahifasida xabar beriladi.

Markaziy bankning bazaviy prognozlariga ko‘ra, inflyasiyaning 2021-yil yakuni bo‘yicha 9,0−10,0 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Нil oxirigacha inflyasiya darajasiga pasayishiga ta’sir ko‘rsatadi:

  • 2020-yilning IV choragidan boshlab nisbatan qat’iy pul-kredit sharoitlarining saqlanib qolinayotganligi;
  • karantin choralari ta’sirining va 2020-yilning mart-aprel oylaridagi narxlarning yuqori o‘sishi natijasida yuzaga kelgan “yuqori baza ta’siri"ning bosqichma-bosqich tugashi;
  • 2020-yil aprelda milliy valyuta almashuv kursi keskin qadrsizlanishining narxlarga oshiruvchi ta’sirining chiqib ketishi.

Ayni paytda, inflyasiyaning bir martalik omillari, cheklangan taklif sharoitida talabning tezroq sur’atlarda tiklanishi, asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qiluvchi mamlakatlar tomonidan ayrim turdagi oziq-ovqatlar uchun eksport kvotalari va bojlarining kiritilishi bilan bog‘liq xatarlar mavjud.

Kelgusi oylarda qurilish sohasida o‘tgan yilga nisbatan sezilarli o‘sish kutilayotganligi, sement va boshqa qurilish materiallari narxlarining o‘sishiga olib kelishi mumkin.