Turkiyalik yozuvchi va yurist Onur Sinan Guzaltan “Красная Весна” AA ga bergan izohida Turkiya iqtisodiyotini hozirgi vaqtda tubdan isloh qilishning imkoni yo’qligini ta’kidlab o’tgan.

Bunga asosiy sabab, G’arb iqtisodiyotiga o’zaro integratsiyalashuv bilan bog’liq holat ko’rsatilmoqda.

Uning so’zlariga qaraganda, hozirda Turkiya katta e’tiborni Osiyo davlatlariga qaratayotgan bo’lsada, u hali hanuz G’arb iqtisodiyoti bilan bog’liq holda turibdi.

Guzaltan Turkiyaning “erkin bozor va xususiylashtirish” ga asoslangan hozirgi siyosati mamlakatning 1952-yilda NATOga a’zo bo’lishi natijasida vujudga kelganini ta’kidladi. Adolat va taraqqiyot partiyasi (AKP) “hukumatning birinchi davrida” “neoliberal model” ni faol qo’llab-quvvatlashni davom ettirdi.

Turkiyalik ekspert G’arb modeli bo’yicha shakllangan Turkiya iqtisodiyoti inqirozidan chiqish yo’li ishlab chiqarishni qayta yo’naltirish, “bozorni milliylashtirish va qo’shni mamlakatlar bilan savdo hamkorligini o’rnatish qadamlari” bo’lishi mumkin deb hisoblaydi.

Eslatib o’tamiz, 2021-yil mart oyida Turkiya Prezidenti Rajab Erdo’g’an to’rt oy davomida ishlagan mamlakat Markaziy banki rahbarini ishdan bo’shatdi. U ishdan bo’shatilganidan beri turk lirasi AQSh dollariga nisbatan 15 foizga pasaygan.

Bu holatni tahliliy ko’rinishini Bloomberg ekspertlarining maqolasida o’qishingiz mumkin.