Mintaqaviy savdo shartnomalarida ishtirok etish O‘zbekiston eksportini o‘rtacha 140 foizdan ziyodga oshiradi, deya Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi direktori o‘rinbosari Umid Abidxadjayevning so‘zlaridan iqtibos keltirdi “Новости Узбекистана”.

Abidxadjayev Markaziy Osiyo mintaqasi imkoniyatlarini o‘rganib chiqib, Markaziy Osiyo respublikalari o‘zlarining ichki bozorlarini qo‘shnilari uchun ochishi — 10 yil ichida o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar ko‘paytiradi, degan xulosaga kelmoqda.

Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, respublikalar aksariyat xom ashyo tovarlari masalasida raqobatchilar emas, balki sheriklar hisoblanadi.

Respublikalar o‘rtasida ishlab chiqarish mahsulotlarini sotish narxi past bo‘lgan taqdirda, respublikalararo ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish mumkin bo‘lgan vaziyat yuzaga keladi, bu esa bojxona tariflari pasaytirilganda tranzaksiya xarajatlarini qoplaydi. Shunday qilib, mintaqaviy darajada sanoat va qishloq xo‘jaligi klasterlarini yaratish mumkin bo‘ladi.

Iqtisodiyotni raqamlashtirish va Markaziy Osiyo uchun raqamli savdo maydonchasini yaratish o‘zaro savdo rivojiga jiddiy turtki beradi.

Mintaqa mamlakatlari tomonidan ichki bozorlarga o‘zaro kirishni kengaytirish asosan tayyor mahsulotlar eksportini ko‘paytirish bo‘yicha ular tomonidan qo‘yilgan vazifalarni hal qilishga yordam berishi mumkin.