“HUDUDGAZTA'MINOT” AJ tomonidan fuqarolarga yengillik yaratish maqsadida t.me/hgt_abonent_bot yangi boti ishga tushirildi. Bu haqida korxonaning telegramdagi rasmiy saytida xabar beriladi.

Bundan ko’zlangan maqsad foydalanuvchi va ta’minotchi o’rtasidagi muvozanatni saqlab turishdir. Bundan tashqari, tizimning onlayn shaklga o’tkazilishi to’lovlar bilan bir qatorda gazdan foydalanganlik holati va unga tegishli barcha ma’lumotlarni aks ettiradi.

Shuningdek, onlayn bot korrupsion holatlar va xatoliklarga yo’l qo’yilishini oldini oladi. Bot har oyning 10-sanasiga qadar to’lovlarni amalga oshirish kerakligi haqida ogohlantirib turadi.