MOST Ventures hamda IT Park hamkorlikda Investment Readiness Accelerator (IRA) onlayn dasturini tashkil etmoqda. Bu haqda IT Park o‘zining Telegramdagi sahifasida e’lon qoldirgan.

Dastur ishtirokchilari ikki oy davomida MOST Ventures va boshqa fondlar, sarmoyachilar va “biznes angellar” tomonidan sarmoya jalb qilish uchun startapni tayyorlashga mo‘ljallangan turli xil o‘quv mashg‘ulotlari va ekspert konsultatsiyalarida ishtirok etadilar.

Mazkur dastur butun dunyo miqyosida MVP darajasida faoliyat yuritadigan hamda o‘z savdosi, hamjihat jamoasi va boshqa bozorlarga chiqish maqsadi bo‘lgan Markasiy osiyolik barcha startaplarchilar uchun mo‘ljallangan.

O‘zbekistondagi loyihalar uchun ro‘yxatdan o‘tish ning oxirgi muddati 22-aprel (shu kuni ham) etib belgilangan.

Dastur haqida batafsil ma’lumot ushbu havolada berib o‘tilgan.