Firibgarlar reklamalar masalasida pul ishlovchi sxema tuzib, milliondan ortiq Android qurilmalarida o‘z dasturlarini o‘rnatilishiga erishdilar, deb topdi kiberxavfsizlik bo‘yicha Human kompaniyasining tadqiqotchilari.

Xabarda aytilishicha, Google Play’dagi 29 ta ilova Android qurilmalari tomonidan yuklanib, kuniga 650 million noqonuniy reklama so‘rovlarini amalga oshirib kelganliklari aniqlandi.

Mazkur jinoiy sxema Roku ilovalar do‘konida ham mustahkam joylashib olib, reklama beruvchilarni ishonchiga kirgan holda, ulardan to‘lovlarni qabul qilib yurgan.

Xususan, firibgarlar Flash Light ilovasi, Sling Puck 3D Challenge o‘yini, Mobile Screen Recorder ilovalarini soxtalashtirganlar. Ushbu jinoiy sxema aynan qancha pul ishlab topgani oshkor qilinmadi.

Ayni paytga kelib onlayn do‘kondan shu turdagi barcha ilovalar olib tashlandi va ma’lumotlar huquqni muhofaza qilish idoralariga o‘tkazildi.