10-may kuni Innovatsion rivojlanish vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) direktori Yorg Pudelka 250 ming Yevro qiymatidagi “Zamonaviy innovatsion markazlar — 2022” texnik yordam loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida Memorandum imzoladilar. Bu haqda Innovatsion rivojlanish vazirligi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, loyiha 3 ta asosiy komponentdan iborat boʻlib, u ilgʻor Germaniya tajribasiga tayangan holda innovatsion markazlar xodimlari va innovatsion tizimning asosiy ishtirokchilarining stajirovkalarini tashkil etish, aholining innovatsiyalar toʻgʻrisida xabardorligini oshirishni oʻz ichiga oladi.
Memorandum doirasida Xalqaro hamkorlik boʻyicha Germaniya jamiyatining (GIZ) begʻaraz grantlari asosida 15 nafar oʻzbekistonlik innovatsiya sohasidagi mutaxassislar Germaniyaga malaka oshirishga yuboriladi, xalqaro ekspertlar yordamida “Innovatsion markazlarni boshqarish toʻgʻrisida"gi qoʻllanma ishlab chiqiladi.
Shuningdek, Germaniyaning innovatsiya sohasi toʻgʻrisidagi litsenziyalangan hujjatli filmlar mamlakatimiz teleradiokanallari orqali keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
11 may 2021, 16:37
Ta'lim
“Zamonaviy innovatsion markazlar — 2022” loyihasi rasman ish boshladi
Loyiha doirasida 15 nafar oʻzbekistonlik innovatsiya sohasidagi mutaxassislar Germaniyaga malaka oshirishga yuboriladi.
Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 115
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 21:11 Iqtisodiyot
Narpayda ixtisoslashgan sanoat zonasi tashkil etilib, $500 mlnlik loyihalar boshlanadi
Shuningdek, Narpay qulupnaychilik maktabi tashkil etilib, 25 ta mahalla qulupnaychilikka ixtisoslashtiriladi.
Bugun, 20:19 Transport
2-maydan Toshkent-Xiva yo‘nalishida Hyundai Rotem tezyurar poyezdi qatnay boshlaydi
Yo‘lga ketadigan vaqt ikki baravarga — 14 soatdan 7 soatga qisqaradi. Yetti vagondan iborat poyezd soatiga 260 km gacha tezlikka erisha oladi.
Bugun, 19:59 Iqtisodiyot
Samarqand viloyatiga 11 trln so‘m ajratiladi — prezident
Viloyatga $3 mlrd xorijiy investitsiya jalb etiladi. 100 ming aholi ishli qilinib, 31 ming oila kambag‘allikdan chiqariladi.
Bugun, 19:35 Ko‘chmas mulk
“Turli nizolarning oldini oladi” — Adliya vazirligi uy-joy va avtomobil oldi-sotdisidagi naqdsiz hisob-kitoblar haqida
Vazirlikka ko‘ra, hisob-kitoblarning bank orqali amalga oshirilishi bitimlarni shaffof qilib, firibgarliklarning oldini oladi.
Bugun, 18:36 Transport
Uzbekistan Airways 19-martdan BAAga aviaqatnovlarni tiklaydi
Qayd etilishicha, mazkur sanadan aviakompaniya Toshkent-Dubay-Toshkent yo‘nalishidagi muntazam reyslar amalga oshirishni qayta boshlaydi.
Bugun, 18:18 Texnologiyalar
Telegram bir kunda 114 mingdan ortiq kanal va guruhlarni blokladi
Qayd etilishicha, yil boshidan beri messenjer bloklagan guruhlar va kanallarning umumiy soni 10,1 mlndan oshgan.
Bugun, 18:01 Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Samarqandda qiymati $7 mlrdlik 106 ta yangi loyihaga start berdi
Mazkur loyihalar hisobiga 18 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi, $700 mlnlik eksport salohiyati taʼminlanadi.
Bugun, 18:00 Qonunchilik
O‘zbekistonda Ramazon hayiti 20-mart kuni nishonlanadi
Haftada 5 kun ishlaydiganlar ketma-ket 4 kun, 6 kun ishlaydiganlar esa 3 kun dam oladi.