Yoshlar akademiyasi “Xorijiy tillarni oʻrgatish boʻyicha mahalliy elektron dasturlarini ishlab chiqish” startap loyihalari tanlovi eʼlon qiladi.
Mazkur tanlov Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 19-apreldagi 222-son qarorining 2-ilovasi “Boʻlajak olim” tanlovini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomida belgilangan talablar va shartlarga muvofiq oʻtkaziladi.
Tanlov doirasida Startap loyihalar boʻyicha takliflar joriy yilning 20-iyun soat 18:00 ga qadar qabul qilinadi.
Bunda takliflar www.yoshlarakademiyasi.uz veb-sahifasining tanlovlar rukni orqali yuklanishi lozim.