Hukumat qarori (362-son, 10.06.2021 y.) bilan Sholi ekish uchun sotib olingan zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining bir qismini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Nizom 2021-yil 31-dekabrga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari hamda ko‘chatlab ekish uskunalarini sotib olgan qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilariga sotib olingan urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismini qoplab berish tartibini belgilaydi.
Shunga ko‘ra, subsidiyalar faqat talabgor tomonidan sotib olingan kunda ishlab chiqarilganiga bir yildan oshmagan qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun ajratiladi.
Talabgor subsidiya olish uchun tegishli hujjatlarni tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlariga yozma va elektron shaklda taqdim qiladi.
Tuman (Quvasoy shahri) qishloq xo‘jaligi bo‘limlari hujjatlarni 3 kun ichida o‘rganib chiqadi.
Hujjatlar talablarga muvofiq bo‘lsa, 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligi vazirligiga yuboriladi va ular tomonidan tahlil qilinadi. Shundan so‘ng tahlillar 1 ish kunida Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasiga yuboriladi.
Jamg‘arma ularni 3 ish kuni ichida o‘rganib chiqib, natijasiga ko‘ra subsidiyalar ajratiladi. Talabgor subsidiya olish uchun qayta murojaat qilishi mumkin.
11 iyun 2021, 18:03
Qonunchilik
Sholi yetishtiruvchilarga zamonaviy qurilmalardan foydalanganligi uchun davlat subsidiyalari taqdim etiladi
Joriy yilning so’nggiga qadar sholi yetishtirish uchun zamonaviy urug‘ seyalkalari va ko‘chatlab ekish uskunalari qiymatining 20 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Foto: Livejournal
«Spot»
- 769
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 18:20 Iqtisodiyot
Xitoylik sayyohlar soni yil boshidan buyon 3,5 barobarga oshdi — Milliy statistika qo‘mitasi
O‘zbekistonga tashrif buyurgan xorijliklar soni o‘tgan yilga nisbatan uchdan bir baravar oshdi — bu asosan qo‘shni davlatlar hisobiga to‘g‘ri keldi.
Kecha, 16:23 Biznes
Xitoy kompaniyalari O‘zbekistonda shinalarni qayta ishlash va texnik uglerod ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi mumkin
Shuningdek, Anhui Conch New Energy kompaniyasi “yashil” energetika sohasida istiqbolli loyihalarni ishga tushirishni rejalashtirmoqda.
Kecha, 14:08 Iqtisodiyot
O‘zbekiston AQSHga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishchilarini yuboradi
Qayd etilishicha, ular AQSH fermalarida oyiga $3500 maosh bilan 10 oygacha ishlashlari mumkin bo‘ladi.
Kecha, 13:35 Iqtisodiyot
Oltin narxi 2025-yil noyabrdan beri ilk bor $4100 dan pastladi
AQSH va Isroilning Eronga qarshi operatsiyasi fonida inflyatsion xatarlar kuchaygani sababli oltin narxlari pasaymoqda.
Kecha, 11:34 Blokcheyn va kriptoaktivlar
O‘zbekistonda kriptomayningga birinchi ruxsatdan so‘ng, unga qiziqish oshdi
Yanvar oyida NexaGrid xususiy kompaniyasi mayning uchun birinchi ruxsatnomani oldi. Bungacha ko‘plab talabgorlar talablarga javob bermagan.
22 mart 2026, 17:45 Biznes
Hafta yakuni: sunʼiy intellektdan foydalanish qoidalari, Toshkentda o‘chiriladigan ichimlik suvi va aqlli bekatlar
Spot hafta davomida O‘zbekiston va dunyoda ro‘y bergan biznes, texnologiya va iqtisodiyotga oid muhim va qiziqarli maʼlumotlarni to‘pladi.
21 mart 2026, 17:00 Biznes
Yandex Uzbekistan va keramist Rustam Muzafarov avlodlararo munosabatlar haqidagi art-loyihani ishga tushirdi
Loyiha an’analar va zamonaviy texnologiyalarni birlashtiradi. Uning doirasida noyob kosalar kolleksiyasi va sun’iy intellekt yordamida o‘z oilangizning bezaklarini yaratish mumkin bo‘lgan sayt yaratildi.
21 mart 2026, 16:30 Transport
Qozog‘istonda 2−3 yildan keyin uchar taksilarni ishga tushirish rejalashtirilmoqda
Sinov parvozlari joriy yilda boshlanishi rejalashtirilgan. Loyihaga AQSHning Joby Aero va Xitoyning AutoFlight kompaniyalari jalb etiladi.