Markaziy bank 17-iyundan xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,56 soʻmga pastlab, 10590,46 soʻmni tashkil qildi. Yevro 29,93 soʻmga pastlab, 12840,93 soʻm boʻldi.

Bundan avval dollarning rasmiy kursi 7,02 soʻmga koʻtarilib, 10616,02 soʻmni tashkil qilgandi. Oʻzbekistonda ushbu valyuta kursi olti kunlik koʻtarilishdan soʻng pastladi.

O‘zbekistondagi tijorat banklarida esa 15-iyun kuni dollar kursi 10670 so‘mga qadar oshdi.