Navoiy — Buxoro yo‘nalishida “Afrosiyob” poyezdlarining harakatlanishi uchun qo‘shimcha yo‘l qurilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi Axboroot xizmatixabar beradi.

“O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ tomonidan “Navoiy — Buxoro uchastkasida elektrlashtirilgan ikkinchi yuqori tezlikdagi temir yo‘l qurilishi” loyihasi amalga oshirilmoqda.

“Navoiy — Buxoro” uchastkasining ikkinchi yo‘nalishi uzunligi 92,3 km. bo‘lib, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJnig o‘z mablag‘lari hisobiga barpo etilmoqda.

Belgilangan loyihaga ko‘ra ushbu uchastkada 3 ta raz’ezd, 1 ta temir yo‘l o‘tkazgichini qurish, 12 ta temir-beton ko‘prik, 49 ta sun’iy inshoot qurilishi hamda 3 ta texnik xizmat ko‘rsatish binosini qurish ko‘zda tutilgan.

Eslatma: “Afrosiyob” poyezdlari harakatlanuvchi “Toshkent — Samarqand — Maroqand” uchastkasi ikki yo‘nalishli po‘lat izlardan tashkil topgan bo‘lsa, Navoiy — Buxoro yo‘nalishi bir izli temir yo‘l uchastkasidan iborat.