Oʻzbekistonning internet tezligi boʻyicha jahon reytingida pozitsiyasi yaxshilandi.

“Ookla” kompaniyasi Speedtest.net servisi 2021-yil may oyi natijalariga oid yangi maʼlumotlarni eʼlon qildi. Unda, Oʻzbekistonning mobil internet tezligi yaxshilanganligi qayt etilgan.

Taʼkidlash kerakki, bir yil ichida Oʻzbekiston simli internet tezligi boʻyicha 1,5 barobarga (53,2 foizga) oʻsganligi qayd etildi, yaʼni 26,45 Mbit/s. dan (2020-yil may holatiga koʻra) 40,54 Mbit/s. gacha (2021-yil may holatiga koʻra). Aprel oyida bu ko’rsatkich 39,2 Mbit/s. ni tashkil etgan edi.

Mobil internet tezligi boʻyicha ham ijobiy koʻrsatkichlar qayd etildi, ya’ni joriy yil may oyi natijalariga koʻra, Oʻzbekiston yana toʻrtta pogʻonaga koʻtarildi. Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mobil internet tezligi 11,26 Mbit/s. dan (2020-yil may holatiga koʻra) 18,56 Mbit/s. gacha oʻsdi (2021-yil may holatiga koʻra). Bir yil ichida ushbu koʻrsatkich 64,8 foizga koʻtarilgan.