Hukumat qarori (401-son, 29.06.2021-y.) bilan Jizzax shahrida “Sambhram” universiteti tashkil etildi.

“Sambhram” universiteti (Hindiston) nodavlat oliy ta’lim tashkiloti hisoblanadi. Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash Universitetning asosiy vazifa va faoliyat yoʻnalishlaridan biridir.

️Universitetda oʻqitish kunduzgi ta’lim shaklida ingliz, rus tillari va davlat tilida toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. Bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari Universitet tomonidan belgilanadi.

Universitet bitiruvchilariga Oʻzbekiston va Hindistonda oliy ta’lim toʻgʻrisidagi hujjat sifatida tan olinadigan diplom beriladi.

Qarorga koʻra, Universitetga har yili qabul qilinadigan talabalarning 20 foizini oʻqitish uchun imtiyozli ta’lim grantlari ajratiladi. Bunda talabalarning 5 foizini bepul oʻqitish, 5 foiziga 50 foizli, 10 foiziga 25 foizli toʻlov-kontrakt miqdorini toʻlab berish boʻyicha imtiyozlar taqdim etiladi.

Spot fevral oyida ikkala tomon o’rtasida kelishuv memorandumi imzolanganligi haqida xabar bergan edi.