1 iyuldan mahsulotlar (tovar va xizmatlar)ning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi. Bu haqda DSQ rasmiy telegram kanali xabar berdi.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 28-apreldagi “Mahsulotlar (tovar va xizmatlar) yagona elektron milliy katalogini joriy etish, tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida tuzilgan shartnomalarni elektron ro‘yxatdan o‘tkazish va tovar-moddiy boyliklarni olish uchun ishonchnomalarni elektron rasmiylashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 249-sonli qarori bilan mahsulotlarning (tovarlar va xizmatlarning) yagona elektron milliy katalogi tasdiqlandi.
Qaror bilan Davlat soliq qo‘mitasiga Mahsulotlarning yagona elektron milliy katalogini (pozitsiya, subpozitsiya, brend va atribut) kengaytirib borishi, ya’ni mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kod (MXIK)larini shakllantirishi vakolati berilgan.
Mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi — bu ma’lum bir mahsulot yoki xizmat turiga tayinlangan belgilar (raqamlar) to‘plami ko‘rinishida taqdim etilgan mahsulot va xizmatlarning identifikatsiya kodi.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida elektron katalog bazasida mahsulot va xizmatlarga bosqichma bosqich 17 raqamli identifikatsiya kodlari yaratilmoqda.
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Barcha tadbirkorlik sub’ektlari tasnif.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinet orqali o‘zlariga tegishli bo‘lgan mahsulot va xizmatlar uchun 17 ta raqamli MXIKlarni saqlab olishlari mumkin.
Saytdan foydalanish bo‘yicha qo‘llanma bu yerda.
1-iyuldan mahsulotlarning 17 raqamli identifikatsiya kodi joriy etiladi
Hozirda yuqori likvidli mahsulotlar, dori vositalari, tamaki va alkogol mahsulotlari hamda imtiyoz qo‘llanilgan mahsulot va xizmatlar uchun 10 mingdan ortiq identifikatsiya kodi yaratildi.
Foto: Spot
«Spot»
- 3 763
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Bugun, 12:00 Iqtisodiyot
Eskrou tizimi bo‘yicha qonun loyihasi mart-aprel oylarida Qonunchilik palatasiga kiritilishi kutilmoqda
Sherzod Kudbiyev uy-joy qurilishida eskrou-hisoblarining joriy etilishi uning aniq tartibi mavjud emasligi uchun kechikkanini bildirdi.
Bugun, 11:58 Biznes
Biznes-ombudsman Toshkentda zaryadlash stansiyalarini tarmoqdan uzish holatlariga izoh berdi
Kelib tushgan murojaatlar asosida holat o‘rganilayotgani, qonunbuzarlik aniqlansa mansabdor shaxslarga chora ko‘rilishi aytildi.
Bugun, 11:19 Iqtisodiyot
Toshkentda tuman hokimi yordamchisi pora bilan ushlandi
U fuqaroning turar joy xonadonini noturar joy toifasiga o‘tkazishga ruxsat olib berishni va‘da qilib, $5 ming talab qilgan.
Bugun, 10:48 Biznes
Grand Pharm Trade ta‘sischisi prezidentga: “Siz hammani rasmiy millionerga aylantirdingiz”
Azizxo‘ja Abbosxo‘jayev zavodga boradigan yo‘l va elektr energiyasi yo‘qligidan shikoyat qildi. Prezident bu masalalarni bayonnomaga kiritishni topshirdi.
Bugun, 09:48 Energetika
7-mart kuni metan “zapravkalar” cheklangan vaqtlarda ishlaydi
“Zapravkalar” soat 10:00 dan 16:00 gacha ishlaydi, Farg‘ona vodiysida esa ish vaqti hokimliklar bilan kelishiladi.
Bugun, 09:14 Iqtisodiyot
“Bosh reja bu dogma emas, unga doimiy tarzda o‘zgartirishlar kiritib boriladi” — Sherzod Kudbiyev
Hududiy zichlik saqlangan holda ayrim joylarda ko‘p qavatli binolar qurilishiga ruxsat berilib, boshqa hududlarda yashil maydonlar va infratuzilma rivojlantiriladi.
Bugun, 00:50 Iqtisodiyot
Dam olish kunlari qaysi banklar ishlaydi? Ro‘yxat
Jami 19 ta bank tomonidan valyuta ayirboshlash hamda pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin.
Kecha, 19:42 Biznes
Enter Engineering’dan 12,7 mingdan ortiq xodimning ish haqi bo‘yicha qarzdorligi undirildi
Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan Toshkent shahri va yana beshta viloyatda Enter Engineering‘ning 11 ta obyekti va unga aloqador 34 ta korxona tekshirildi.