“Bojxona ma’muriyatchiligi va tartib-taomillarini yanada soddalashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga koʻra, 2021-yil 1-avgustdan:

  • bojxona rejimi talabida xorijiy buyurtmachi mavjud boʻlmagan hollarda ham qayta ishlash operatsiyalariga ruxsat beriladi;
  • tadbirkorga chetdan xomashyo sotib olib, ularni respublika hududida bojxona toʻlovlari toʻlamagan holda qayta ishlagandan soʻng istalgan xorijiy hamkoriga sotish imkonini beradigan olib chiqish, olib kirish, sotish va sotib olish boʻyicha yangi turdagi tashqi savdo kontraktlari amaliyotga kiritiladi;
  • mahalliy eksport qiluvchi tashkilotlarga xorijiy davlatdan mahsulot sotib olib, import qilmasdan uchinchi davlatga toʻgʻridan-toʻgʻri sotishga ruxsat beriladi;
  • olib kirish kontraktini olib chiqish kontrakti bilan, shuningdek, sotib olish kontraktini sotish kontrakti bilan oʻzaro bogʻliq holda monitoring qilish tartibi joriy qilinadi.

Qaror bilan Tashqi savdo operatsiyalari amalga oshirilishi monitoringini olib borish va nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Unga koʻra, tashqi savdo kontraktlari va invoyslarda toʻlov valyutasi tomonlar oʻrtasidagi kelishuvga asosan belgilanishi koʻrsatildi (ilgari xorijiy valyutada edi).

️ Shuningdek, tashqi savdo operatsiyalarini ifoda etadigan 2 ta raqamdan iborat:

  • 16 — olib kirish kontrakti;
  • 17 — olib chiqish kontrakti;
  • 18 — sotib olish kontrakti;
  • 19 — sotish kontraktlari qoʻshildi.