Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining tahliliga koʻra, joriy yilning 1-iyunidan 31-iyunigacha boʻlgan davrda respublika soliq tushumlari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 6,8% ga oshdi.

Shu bilan birga, Qashqadaryo (27,1%), Fargʻona (13,5%), Surxondaryo (13,4%), Andijon (13,3%), Samarqand (12,0%) viloyatlari va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (12,7%) soliq tushumlarining sezilarli darajada oʻsishi qayd etildi.

Tahlil qilingan davrda bojxona toʻlovlari boʻyicha tushumlar 7,2% ga oshdi. Daromadning eng katta oʻsishi Navoiy (43,8%) va Toshkent (19,4%) viloyatlarida, Toshkent (12,6%) va Qoraqalpogʻiston Respublikasida (20,5%) kuzatildi.


Davlat bojxona qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, yil boshidan buyon tovarlar eksportining hajmi 8,4% ga oshgan. Tovarlar eksporti hajmining oʻsishi Jizzax (31,5%), Navoiy (26,1%), Samarqand (24,0%), Xorazm (19,6%), Andijon (18,1%) viloyatlari va Toshkent shahriga (18,0%) toʻgʻri keldi.

Avvalroq Spot ish beruvchilarga 25 yoshdan oshmagan xodimlari uchun toʻlangan ijtimoiy soliq summasi qoplab berilishi haqida yozgan edi.