“AMC Theatres” kinoteatrlar tarmog’i joriy yilning so’nggiga qadar AQShdagi kino chiptalari uchun bitkoinda to’lovlar qabul qilishni boshlaydi.

Kompaniya bosh direktori Adam Aronning fikriga qaraganda, pandemiyaning salbiy oqibatlariga qarshi kurashish maqsadida shunday qaror qabul qilingan.

Xususan, bankrotlikka uchramaslik uchun kompaniya yanvar oyida $917 mln investitsiya jalb qilgan. Shuningdek, Reddit foydalanuvchilarining faol qo’llab-quvvatlashi ortidan kompaniya aksiyalari narxi bir donasi uchun $39 gacha ko’tarildi.

Ma’lumot uchun: Bitkoin iyun oyining boshida Salvador davlatining rasmiy valyutasiga aylangan edi. Mamlakat prezidentli Bukele bitkoinni rasmiy toʻlov vositasi sifatida tan olish mamlakatning chet elda ishlayotgan fuqarolari uchun uylariga pul oʻtkazmalarini osonlashtirishi mumkinligi haqida aytgan edi.