YouTube voyaga yetmaganlar yuklagan videolarga kirishni cheklaydi. Kanal egasi tanlagan foydalanuvchilar videolarni koʻrishlari mumkin boʻladi.
Google video-xosting kompaniyasi bolalar va ularning ota-onalariga 18 yoshgacha boʻlgan foydalanuvchilarning fotosuratlarini qidiruv natijalaridan olib tashlashni soʻrashga ruxsat beradi.
Google va YouTube bayonotlariga koʻra, oʻzgarishlar yaqin haftalarda kuchga kirishi kutilmoqda.
Nimalar oʻzgaradi
18 yoshgacha boʻlgan bolalar va oʻsmirlarning rasmlarini Google qidiruv natijalaridan olib tashlash mumkin boʻladi. Buning uchun bola yoki uning ota-onasi qidiruv tizimiga soʻrov yuborishi talab etiladi. Bu yoshlarga internetdagi tasvirlarini yaxshiroq nazorat qilishlariga yordam beradi, deya hisoblamoqda kompaniyada.
Yaqin oylarda Google 18 yoshgacha boʻlganlar uchun xavfsiz qidiruv ishga tushiriladi. Shuningdek, video-xosting xizmati oʻsmirlar uchun videotasvirni avtomatik ijro etish funksiyasini oʻchirib qoʻyadi, ularga tomosha paytida tanaffus qilishni tavsiya qiladi va uxlash vaqti kelganini ogohlantiradi.
13 yoshdan boshlab foydalanuvchilar avvalgidek YouTube-da roʻyxatdan oʻtishlari mumkin boʻladi. Yosh bolalar uchun moʻljallangan YouTube Kids ilovasi avtomatik ijro etish xususiyatiga ega boʻladi.Ota-onalar uni toʻsib qoʻyishi mumkin, shunda bola soatlab video koʻrmaydi.
Shuningdek, YouTube Kids-dan obrazli reklamalar, shu jumladan bolani biror narsa sotib olishga undaydigan videolar oʻchiriladi. Reklama joylashtirilgan videolar maxsus quti bilan belgilanadi.