Samsung kompaniyasi pandemiyadan keyin biofarmatsevtika, sunʼiy ong, yarimoʻtkazgichlar va robotlar ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish boʻyicha dasturini taqdim qildi. Unga koʻra, kompaniya ushbu dasturga $205 mlrd ajratishga va 3 yil ichida 40 ming ishchini yollashga tayyorligini bildirdi.

Dasturga ajratiladigan mablagʻlardan $153,5 mlrd biotexnologiyalar sohasida innovatsiyalarni rivojlantirish, sanoat restrukturizatsiyasi, yangi zavodlar qurilishi, kompaniyalar bilan birlashish va ularni qoʻshib olish, kompaniyaning yarimoʻtkazgichlar ishlab chiqarish sohasidagi pozitsiyalarini mustahkamlash sarmoya qilinadi.

Dastur eʼlon qilingandan keyin kompaniya aksiyalari Seul fond birjasida 3,1% ga qimmatlagan.

Avvalroq Spot Samsung taqdim etgan yangi qurilamalar haqida yozgan edi.