WhatsApp Android va iOS qurilmalari uchun yangi shartlarni e’lon qildi. Unga ko’ra, Android 4.0.4 va iOS 9 tizimidan oldingi verisyalarda ilova ishlashdan to’xtaydi.

Yangi talablar joriy yilning 1-noyabridan kuchga kiradi. Ilova rahbariyati foydalanuvchilarni talablarga mos ravishda harakat qilishga yoki eski yozishmalarni saqlab olishni maslahat bermoqda.

Bundan oldingi talablar 2021-yilning boshida e’lon qilingan edi. Unda, ilova iPhone qurilmalarining dastlabki avlodlariga ishlashni to’xtagan.