Markaziy bank 2021-yil avgust oyida inflyatsion kutilmalarni aniqlash boʻyicha oʻtkazilgan soʻrovnoma natijalarini maʼlum qildi.

Aholining inflyatsiya boʻyicha kutilmalari 16%, biznesning kutilmalari esa 16,1% ni tashkil etgan. Iyul oyida esa bu koʻrsatkich, biznesda 14,9, aholida esa 16,1% boʻlgan.

Soʻrovnomada 4196 ta respondent ishtirok etgan boʻlib, shundan 68%i biznes vakillari, 32%i esa aholidir.

Shuningdek, oʻtgan oyda aholi sezgan inflyatsiya 16,4, biznes sezgan inflyatsiya esa 15,9% boʻlgan.


Eslatib oʻtamiz, Markaziy bank 2021-yil yakuni boʻyicha inflyatsiya darajasi ortishining asosiy xatarlarini sanab oʻtgan edi.