Oziq-ovqat narxining pasayishi fonida Xitoyda inflyatsiya avgust oyida besh oylik eng past darajaga tushib ketdi.

Xitoy Davlat statistika byurosi (CSO) ma’lumotlariga ko’ra, iste’mol narxlari (CPI) o’tgan oyda iyul oyida 1% ga oshganidan so’ng, yillik ko’rsatgich 0,8% ni tashkil etdi.

Ekspertlar avgust oyi inflyatsiyasining 1%darajasida qolishini kutishgan, deb yozadi Trading Economics’ga asoslanib Interfax nashri.

O’tgan oy Xitoyda oziq -ovqat narxi 4,1% ga, ayniqsa, cho’chqa go’shti narxining pasayishi hisobiga tushib ketdi. Oziq-ovqat bo’lmagan tovarlarning narxi 1,9 foizga oshdi.

Pekin 2021-yil uchun inflyatsiyaning yillik maqsadini 3% tashkil qildi, bu o’tgan yilgi 3,5% dan yuqori.

Avgust oyida iste’mol narxlari o’tgan oyga nisbatan 0,1% ga oshdi, Ekspertlar esa 0,5% o’sishini kutishgan edi. Iyul oyida bu ko’rsatkich 0,3%ga oshgan.

O’tgan oy Xitoyda ishlab chiqaruvchilar bahosi (PPI) yillik ko’rsatkichda 9,5% ga oshdi. Bu o’sish ketma -ket sakkizinchi oyda qayd etildi va bu 2008-yil avgust oyidan buyon eng muhim ko’rsatkichdir.