Vazirlar Mahkamasining qaroriga koʻra, jismoniy shaxslarning uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati boʻyicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksiga oʻzgartirish kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqiladi.

Ijara shartnomalarini soddalashtirilgan raqamli imzosiz hisobga qoʻyishni taʼminlaydigan elektron tizim ishga tushiriladi.

Talabalar uchun turar joy qidirishga ixtisoslashgan elektron platforma ishlab chiqiladi, talabalar turar joyi va xususiy xonadonlardan ijaraga turar joy qidirishning ishonchli tizimi yoʻlga qoʻyiladi hamda doimiy ravishda yangilab boriladi.