Ukrainalik xonanda va tiktoker Mixail Poplavskiy Kiyev madaniyat va sanʼat universitetida TikTok fakultetini ochdi. U bu haqda Instagram sahifasida xabar berdi.

Ushbu fakultet nafaqat Ukraina, balki dunyo boʻyicha yagona hisoblanadi.

Poplavskiyning fikricha, kelajak ijtimoiy tarmoqlarga tegishli boʻladi, shu bois yoshlarni ijtimoiy tarmoqlar bilan ishlashga oʻrgatish lozim.

“Maqsadim — TikTokʼni ukrainlashtirish, mamlakatning yangi tarixini yaratadigan ijodkor va istiqbolli yoshlarni ortimdan yetaklash. Biz noldan boshlaymiz va oʻqishni tugatgach, diplomga ega boʻlasiz”, — deb yozdi tiktoker.

Ma’lumot uchu, Mixail Poplavskiy 1993−2015 yillarda Kiyev madaniyat va sanʼat milliy universiteti rektori boʻlgan.