Hukumat qaoriga koʻra, savdo va xizmat koʻrsatish obyektlarining 24 soat mobaynida tun-u kun faoliyat yuritishga doir jamoat xavfsizligi boʻyicha soddalashtirilgan talablar oʻrnatiladi.

Bunda yirik shaharlar, viloyatlar va tumanlar markazlarida tashkil etiladigan savdo va koʻngilochar koʻchalarda qoʻshimcha patrullik yoʻnalishlari va postlar tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbirkorlar mol-mulkini qoʻriqlash, har xil favqulodda holatlarning oldini olish boʻyicha qoʻshimcha choralar koʻriladi.

Ushbu qaror rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 3 oy oʻtgach kuchga kiradi.