Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdorlari (superkontrakt) tasdiqlangani (PDF) haqida xabar qildi.
“Superkontraktning minimal miqdorlari 2021/2022-oʻquv yili qabulida bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga kirish imtihonlari natijalariga koʻra toʻplagan ballari tasdiqlangan toʻlov-kontrakt doirasidagi qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam boʻlmagan holda, qoʻshimcha ravishda oʻqish istagini bildirgan abituriyentlarning birinchi oʻquv yili uchun amalda belgilangan bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga nisbatan olingan”, deyiladi vazirlik xabarda.
Shuningdek, superkontraktlarning minimal miqdorlarini hisoblashda 2021/2022-oʻquv yili uchun amalda belgilangan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt boʻyicha oʻqitish qiymati qoʻllanilishi va koronavirusga qarshi emlanganlar abituriyentlarga belgilangan tabaqalashtirilgan toʻlov-kontraktning minimal miqdoriga 10% li chegirma berilishi belgilangan.
Bundan tashqari, sirtqi yoki kechki taʼlimda tahsil olayotgan talabalar ham 2021-yil 1-noyabrga qadar koronavirusga qarshi vaksina olsa, stipendiyasiz bazaviy toʻlov-kontrakt miqdorlariga bir martalik 10% chegirma beriladi.