“Xizmatlar sohasini qo‘llab-quvvatlashga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi Prezident farmoni (PF-6318-son, 30.09.2021 y.) qabul qilindi.

Farmonga ko‘ra, O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar va transportlar uchun bojxona boji bo‘yicha imtiyozlarning amal qilish muddati 2024 yil 1 yanvargacha uzaytiriladi:

  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kiriladigan yangi tibbiyot asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari;
  • nodavlat tibbiyot tashkilotlari uchun yangi tez tibbiy yordam avtomobillari;
  • belgilangan ro‘yxatlarga ko‘ra tematik xiyobonlar, mehmonxona va boshqa joylashtirish vositalarini qurish, qayta ta’mirlash va jihozlash uchun asbob-uskunalar, texnika, xomashyo, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar, qurilish va boshqa materiallar;
  • ishlab chiqarilganiga 5 yildan ortiq bo‘lmagan, yo‘lovchilarni tashishda foydalaniladigan 8 va undan ortiq o‘rindiqlarga ega transportlar;
    O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan, transport-logistika xizmatlari ko‘rsatishga mo‘ljallangan, belgilangan ro‘yxatlardagi omborxona uskunalari, yuk ortish-tushirish texnikasi, agregatlar, ehtiyot qismlar;
  • dor (osma) yo‘llari, tog‘-chang‘i ko‘targichlar, funikulyorlar va boshqa o‘xshash ob’ektlar, “banji-jamping” va “ziplayn” attraksionlari, boshqariladigan (dirijabl, havo shari) va boshqarilmaydigan aerostatlar, gondolalar, “rafting” va “flaybording” uchun uskunalar, mexanizmlar va ehtiyot qismlar.

️ O‘zbekistonga olib kirishda quyidagi tovarlar 2021-yil 1-oktyabrdan 2024-yil 1-yanvargacha bojxona bojidan ozod qilinadi:

  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha ta’lim tashkilotlari uchun o‘quv laboratoriya va maxsus asbob-uskunalar va jihozlar;
  • taqiqlanmagan o‘yin avtomatlari, videoo‘yinlar uchun uskunalar va bouling uchun avtomatik uskunalar;
  • belgilangan ro‘yxat bo‘yicha yuridik shaxslar tomonidan, shu jumladan lizing shartnomasi asosida olib kelinadigan yangi stomatologiya va kosmetologiya asbob-uskunalari, butlovchi buyumlar va ularning ehtiyot qismlari hamda sarflash materiallari.