Prezidentning PQ-4422-sonli Qarori ijrosi yuzasidan ko‘p qavatli aholi turar-joylarida bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Joriy yilning oktabr oyida “O‘zenergoinspekisiya” Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy bo‘limi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 576-son qaror talablarining bajarilishi bo‘yicha ko‘p kvartirali uy-joylarning kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi o‘rganildi.

Xo‘jayli tumani “Kun Nur” MFYda joylashgan “Story group-1” MChJ tomonidan yangidan qurilgan 24 xonadonli ko‘p qavatli aholi turar-joyining tom qisimida har birining quvvati 300 Vt bo‘lgan 48 ta quyosh modulining jami quvvati 14,4 kVt bo‘lgan monokristal tarkibli quyosh panellari o‘rnatilgan bo‘lib, har bir xonadon uchun 0,6 kVt quvvatli elektr jihozlariga ajratilgan.

Ma’lumot uchun: “ACWA Power” Qoraqalpog‘istonda quvvati 100 MVt bo‘lgan shamol elektr stansiyasini qurishi haqida xabar berilgan edi. Loyiha davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida amalga oshirilib, 2 yil ichida ishga tushiriladi.

Mazkur loyiha Qoraqalpog‘istonda 1500 MVt quvvatga ega shamol energetikasini loyihalashtirish, qurish va ekspluatatsiya qilishdan iborat bo‘lib, u foydalanishga topshirilgandan so‘ng Markaziy Osiyo mintaqasi va dunyodagi eng yirik shamol elektr stansiyasiga aylanadi.