12−13-noyabr kunlari IT Park, TATU Nukus filiali va YeXHTning O’zbekistondagi loyihalari koordinatori bilan birgalikda tashkil etilayotgan Nukus shahri yoshlari uchun “IDEATHON” startap g‘oyalari tanlovi bo‘lib o‘tadi.

“IDEATHON” — ishtirokchilar muayyan muammoni hal qilish va uni bir yoki ikki kun ichida minimal hayotiy mahsulotga aylantirishlari kerak bo‘lgan tanlov.

Tanlovda 16 yosh va undan katta bo‘lgan barcha quyidagi yo‘nalishlarda qatnashishi mumkin:

  • ️sun'iy intellekt;
  • ️tibbiyot;
  • ️energetika;
  • ️qishloq va suv xo‘jaligi;
  • ️qurilish;
  • ️ta'lim;
  • ️ijtimoiy himoya;
  • ️aholi bandligi.

Tanlov g‘oliblari qimmatbaho sovg‘alar, sertifikatlar va startap g‘oyalarini ishlab chiqish tajribasiga ega bo‘ladilar.

Tanlovda ishtirok etish uchun siz 9-noyabrga qadar quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin.