25-oktabrdan boshlab IT Park tashabbusi bilan OTMlar qoshidagi inkubatsiya markazlari va IT Akademiyasi, shuningdek Dubay Future Foundation jamgʻarmasi ko‘magida talabalar oʻrtasida tadbirkorlik va startap ekotizimlarini rivojlantirish maqsadida tashkil etilayotgan “Talabalar kubogi” musobaqasining ikkinchi to‘lqinida ishtirok etish uchun yigʻin tashkil etildi.
Bu haqda IT Park saytida xabar beriladi.
Bu yilgi musobaqaning umumiy mukofot jamgʻarmasi $20 mingni tashkil qiladi.
Yutilgan mablagʻ gʻolib va sovrindorlarga IT bilan bogʻliq faoliyatning barcha sohalarida oʻz innovatsion loyihasini amalga oshirish imkonini beradi.
Musobaqada nimalar boʻladi:
- IT Park tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan inkubatsiya markazlariga ega bo‘lgan 20 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari innovatsion loyihalarni boshqarish bo‘yicha o‘z malakalarini oshirish;
- barcha kamchiliklarni hisobga olgan holda o‘zlarining MVPlarini puxtalik bilan ishlab chiqish va shu yilning dekabr sanasida bo‘lib o‘tadigan yakuniy taqdimotga tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Bunga qo’shimcha ravishda, har bir jamoaning a’zolaridan biri “One Million Uzbek Coders” onlayn kurslarini to’rtta yo’nalishlardan birida bitirgan bo’lishi kerak: ma’lumotlarni tahlil qilish, mobil dasturlash, frontend yoki fullstack dasturlash.
Butun tayyorgarlik jarayonida tanlov ishtirokchilariga axborot texnologiyalari va innovatsiyalar sohasida tajribali mutaxassislardan iborat murabbiylar hamrohlik qiladilar, ular barcha qiziqtirgan savollarga javob beradilar va xatolarni tuzatishga yordam beradilar.
Tanlovda qaysi universitet talabalari qatnashishi mumkinligi haqida IT Park saytidan ma’lumot olish mumkin.
Tanlovda g‘olib bo‘lgan 3 ta eng yaxshi loyiha quyidagi miqdorda pul mukofotiga ega bo‘ladi:
- 1-oʻrin — 10 000 dollar
- 2-o‘rin — 6 000 dollar
- 3-o‘rin — 4 000 dollar
Loyihani baholash mezonlari:
- taklif etilayotgan startapning dolzarbligi;
- innovatsion va texnologik yoʻnalish, startap-loyiha gʻoyasining yangiligi;
- natijalarga erishish imkoniyatini baholash;
- zamonaviy bozorda ushbu mahsulot yoki xizmatga boʻlgan talabni baholash;
- loyihaning potensial raqobatbardosh afzalliklarini baholash;
- loyihaning investitsion jozibadorligi;
- Iqtisodiy samaradorlik.
“Talabalar kubogi” tanlovida ishtirok etish uchun havolaga o‘ting va shaklni to‘ldiring: https://clck.ru/YRgYh
Ro’yxatdan oʻtish tugagandan soʻng, tanlov tashkilotchilari istiqbolli loyihalarni tanlab olishadi va tanlov natijalari shu yilning 22−25-noyabr kunlari e''on qilinadi.
Muhim sanalar:
Arizalarni qabul qilishning oxirgi muddati — 7-noyabr.
Universitetlarda saralash bosqichi — 8−13-noyabr.
Tashqi ekspertlar tomonidan oldindan moderatsiya — 15−20-noyabr.
Musobaqa finali 11-dekabr kuni boʻlib oʻtadi.