Xiaomi kompaniyasi Redmi Note 11 Pro va Redmi Note 11 Pro+ smartfonlarini taqdim etdi.

Qurilmalar Android 11 operatsion tizimiga asoslangan. Redmi Note 11 Pro 5160 mAs, ikkinchisi esa 4500 mAs akkumulyator bilan jihozlangan.

Smartfonlar tezkor xotirasi 4, 6 yoki 8 GB, doimiy xotirasi esa 128 yoki 256 GBni tashkil etadi.

Har ikki model 6,67 dyuymli AMOLED-displey, Gorilla Glass 5 himoya oynasi va 5G tizimida ishlaydigan MediaTek Dimensity 920 protsessoriga ega.

Orqa fotokamera 108 megapikselli boʻlib, old kamera esa 16 megapikselga teng.

Redmi Note 11 Pro $250−330, Redmi Note 11 Pro+ esa $300−360 gacha narx oraligʻida sotuvga chiqadi.

Avvalroq Spot Google arzon narxdagi smartfonlarni namoyish etganligi haqida yozgan edi.